“Oq oltin”da hayot jonlanmoqda

Jahongir BOYMURODOV/“Xalq soʻzi”. Bosh vazir oʻrinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qoʻchqorov Nishon tumanining Oq oltin mahallasida boʻlib, hududda amalga oshirilayotgan obodonchilik ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va ularning natijalari bilan tanishdi.
Taʼkidlash joiz, joriy yilning fevral oyida gazetamizning rasmiy saytida “Muammolar girdobida qolgan “Oq oltin” nomli maqola eʼlon qilinib, unda mahalladagi aholini yillar davomida qiynab kelayotgan tizimli muammolar qalamga olingan edi.
Oʻtgan vaqt mobaynida mahallada viloyat hokimi boshchiligida oʻrganishlar olib borildi. Keng koʻlamli obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi. Muammolarni tizimli hal etish boʻyicha sohalar kesimida vazifalar belgilab olinib, ishga kirishildi. Xususan, hududda yangi tadbirkorlik subyektlari ish boshladi. Mahallaning Novur qishlogʻiga ilk bor oqar suv olib kelinib, mavjud shart-sharoit va aholining dehqonchilik tajribasidan kelib chiqqan holda hudud kartoshkachilikka ixtisoslashtirildi. Ayni paytda bu yerdagi yuzlab xonadonlar shu ishga kirishishgan.
Mahalla faollarining aytishicha, hududda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qoʻllab-quvvatlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, yoʻllarni taʼmirlash, kommunal soha muammolarini bartaraf etish boʻyicha ham ishlar boshlab yuborilgan.
Bosh vazir oʻrinbosari mahallada “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi asosida amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan tanishib, galdagi vazifalar boʻyicha masʼullarga tegishli topshiriqlar berdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring