Onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Shavkat Mirziyoyev “Ayollar orasida onkologik kasalliklarni nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Qarorga koʻra, tibbiyotning birlamchi boʻgʻinida 30–65 yoshdagi ayollarning elektron bazasi (roʻyxati) shakllantiriladi, ularni tibbiy koʻrikka taklif qilish tizimi yaratiladi. Shuningdek, har yili 30–50 yoshdagi ayollarda bachadon boʻyni saratoni skriningi odam papillomasi virusini polimeraza zanjirli reaksiya tekshiruvi usuli orqali aniqlash hamda suyuqlik sitologiyasi usulida tekshirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Shuningdek, 30–65 yoshdagi ayollar har 2-yilda bir marotaba tibbiyot xodimlari tomonidan birlamchi saralashdan oʻtkaziladi. Skrining natijasida onkologik kasallikka chalinganligi aniqlangan bemorlarni tashxislash va davolash bilan bogʻliq xarajatlar byudjet hisobidan moliyalashtiriladi.
2025-yil 1-yanvardan boshlab onkonazorat xonalari uchun akusher-ginekolog shifokor hamda mobil va statsionar mammograflar ishini 2 ta smenada tashkil etish uchun rentgen-laborantlar shtatlari joriy etiladi.
Bundan tashqari, Mammografiya tasvirini oʻqish markazi tashkil etilishi, odam papilloma virusi diagnostikasi uchun qoʻllanadigan test tizimlari sifatini nazorat qilish boʻyicha referens-laboratoriya faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
Shuningdek, bachadon boʻyni va koʻkrak bezi saratoni skriningiga nodavlat tibbiyot tashkilotlari jalb qilinishi ham belgilandi.
2025-yil 1-mayga qadar bachadon boʻyni saratoni skriningi va koʻkrak bezi saratonini erta aniqlash sifatini baholash va monitoring qilib borish tizimi va skrining dasturiga kiritilgan ayollar bilan qayta aloqa qilish tizimi joriy etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring