Ona ikki yoshli oʻgʻlini 1500 dollarga pullamoqchi edi...
2020-yilning oʻtgan davrida yurtimizda oʻz farzandini sotish bilan bogʻliq 23 ta holat kuzatilgan.
Fargʻona viloyati boʻyicha Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari hamda viloyat IIBning odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish boʻlimi hamkorligida aynan farzandini sotish bilan bogʻliq yana bir jirkanch jinoyat fosh etildi.
Fargʻona shahrida yashovchi 24 yoshli G.S. ikki yoshli oʻgʻli Sh.T.ni 1500 AQSH dollariga sotishdek qabih reja tuzadi. Shu maqsadda oʻzaro kelishuv asosida murgʻak bola uchun kelishilgan pulning 500 dollarini olayotgan vaqtda qoʻlga olindi.
Tergovga qadar tekshiruvda aniqlanishicha, hali turmushga chiqmagan bu ayol fohishalik qilib yurib ushbu bolani tuqqan. Shu bois bolaning otasi kimligi ham nomaʼlum.
B. Madiyorov,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring