Ommaviy axborot vositasini roʻyxatdan oʻtkazish muddati oʻn besh kundan oʻn kunga qisqartirish koʻzda tutilmoqda

14:52 10 Oktyabr 2023 Siyosat
355 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar “Davlat xizmatlari koʻrsatish tizimi takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini birinchi oʻqishda koʻrib chiqdi.

Qonun loyihasi bilan advokatlik guvohnomasini berish muddati uch ish kunidan ikki ish kuniga, ommaviy axborot vositasini roʻyxatdan oʻtkazish muddati oʻn besh kundan oʻn kunga qisqartirish koʻzda tutilmoqda.

Deputatlarning taʼkidlashicha, qonun loyihasining qabul qilinishi davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini tartibga solish, aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish, davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun undiriladigan toʻlov miqdorlarini kamaytirish hamda davlat xizmatlarini koʻrsatish muddatlarini qisqartirishga xizmat qiladi.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер