Ombudsman tomonidan “Muruvvat” uylarida yashaydigan 9 nafar fuqaro manfaatida sudga daʼvo arizalari kiritildi

15:11 20 Oktyabr 2022 Jamiyat
270 0

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) xodimlari va uning hududlardagi mintaqaviy vakillari tomonidan doimiy ravishda harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalarga monitoring tashriflari amalga oshirilishi bilan bir qatorda boquvchisini yoʻqotgan va yolgʻiz keksalar, shuningdek, nogironligi boʻlgan shaxslar saqlanadigan “Muruvat” uylarida saqlanayotganlar sharoitlari ham oʻrganib boriladi. 

Joriy yilning avgust oyida Samarqand viloyati, Urgut tumandagi erkaklar va ayollar “Muruvvat” uylariga Ombudsmanning Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili Diyor Husanov tashrif buyurib, muassasadagi sharoitlarni oʻrgangan edi.

“Muruvvat” uyidagilar bu yerdagi yashash sharoiti, shuningdek, ovqatlanish, dori-darmonlar bilan taʼminlanganlik va ularga xodimlar tomonidan boʻlayotgan munosabatlardan mamnunliklarini bildirishgan edi.

Biroq, olib borilgan monitoring oʻrganishlar davomida muassasada yashovchi ayrim bemorlarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari yoʻqligi aniqlandi. Xuddi shunday holat ayollar “Muruvvat” uyida ham kuzatildi.

“Muruvvat” uyi mutasaddilarining murojaatiga asosan masalaning mohiyati oʻrganildi. Mutasaddilarning qayd etishicha, bir qarashda arzimagan koʻringan hujjat vaqt oʻtib jiddiy muammolarga sabab boʻlishi mumkin. Hatto toʻliq davlat qaramogʻida boʻlgan bu kishilarga muruvvat koʻrsatishning iloji boʻlmay qolishi mumkin. Muammoning yechimini sud orqali hal qilish mumkin. Biroq bu borada “Muruvvat” uyi qilgan murojaat tegishli xarajat talab qiladi. Tabiiyki, muassasada bunday holatlar uchun koʻzda tutilgan mablagʻ mavjud emas.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) tomonidan “Muruvvat” uylaridagi 9 nafar bemorlar manfaatida sudga daʼvo arizalar kiritildi.

Oʻz navbatida tegishli davlat idoralari bilan yozishmalar orqali 9 nafar ruhiy xastaligi bor bemorlarning zarur hujjatlari toʻplanib, sudga taqdim etildi.

2022-yilning 18-oktyabr kuni Ombudsmanning daʼvo arizasi Fuqarolik ishlari boʻyicha Urgut tumani sudining sayyor sud majlisida koʻrib chiqildi.

“Muruvvat” uylarining oʻzida oʻtkazilgan sud majlisi yakunida 6 nafar bemorni tugʻilganlik faktini belgilash haqidagi daʼvo arizalar qanoatlantirildi. 3 nafar shaxsning hujjatlari topildi.

Sud qarori asosida qayd qilingan kishilarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat - fuqarolik pasportlari rasmiylashtirilib beriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер