Ombudsman: murojaatchiga imtiyozli kredit ajratildi
Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsmanga) Namangan viloyati, Chust tumani Olmos qishlogʻi, Buloqboshi MFYda yashovchi fuqaro M.N. oilaviy sharoiti yomonligi tufayli ayollar daftariga kiritishda amaliy yordam soʻrab murojaat qildi. Uning yozishicha, tuman hokimiyatiga shu masalada qilgan murojaatlari besamar ketgan.
Murojaat Ombudsman nazoratiga olinib, oʻrganish uchun Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakil Jahongir Valiyevga yuborildi.
Jahongir Valiyev mazkur murojaatni joyiga chiqib oʻrgandi. Oʻrganish jarayonida “Yuksalish” umummilliy harakatining Namangan viloyat hududiy boʻlinmasi rahbari, Chust tuman mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash boʻlimi xodimi, Buloqboshi MFY raisi hamda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha Chust tuman hokimining yordamchisi ham ishtirok etdi.
Aniqlanishicha, murojaatchi ayolning haqiqatdan ham oilaviy sharoiti ogʻir va ishsiz boʻlgani uchun doimiy daromadga muhtoj.
Oʻrganish natijalariga koʻra, fuqaro M.N.ga Buloqboshi MFY tomonidan bir martalik 500 ming soʻm naqd pul koʻrinishida moddiy yordam ajratildi va murojaatchi ayollar daftariga kiritildi.
Murojaatchining oylik daromadga ega boʻlishi uchun hokim yordamchisi tomonidan “Har bir oila — tadbirkor” dasturiga asosan imtiyozli kredit ajratildi. Mazkur mablagʻlar hisobiga fuqaroning chorvachilik bilan shugʻullanishi uchun jami 32 mln. soʻmlik 12 dona qoʻy uning xonadoniga yetkazib berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
- Prezident poytaxtda transport tizimini yangilashga doir muhim qarorni imzoladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring