“Oltin toʻp”ga daʼvogarlarning toʻliq roʻyxati eʼlon qilindi, unda Messi yoʻq

11:46 13 Avgust 2022 Sport
1880 0

Foto: Aurelien Meunier / Getty Images

France Football jurnali mavsum yakunida dunyoning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan “Oltin toʻp” sovrini uchun kurashadigan 30 nafar futbolchi roʻyxatini eʼlon qildi.

Darvozabonlar (2): Tibo Kurtua (“Real”, Belgiya), Mik Meynyan (“Milan”, Fransiya).

Himoyachilar (4): Trent Aleksandr-Arnold (“Liverpul”, Angliya), Joau Kanselu («Manchester Siti», Portugaliya), Antonio Ryudiger (“Chelsi”/Real Madrid, Germaniya), Virjil van Deyk (“Liverpul”, Gollandiya terma jamoasi).

Yarim himoyachilar (9): Joshua Kimmix (“Bavariya”, Germaniya), Kristofer Nkunku (“RB Leypsig”, Fransiya), Bernardu Silva («Manchester Siti», Portugaliya), Kazemiro (“Real”, Braziliya), Kevin de Bryuyne («Manchester Siti», Belgiya), Fabinyo ( “Liverpul”, Braziliya), Filipp Foden («Manchester Siti», Angliya), Riyod Mahrez («Manchester Siti», Jazoir), Luka Modrich (“Real”, Xorvatiya terma jamoasi).

Hujumchilar (15): Rafael Leau (“Milan”, Portugaliya), Muhammad Saloh (“Liverpul”, Misr), Luis Dias (“Liverpul”, Kolumbiya), Vinitsius Junior (“Real”,  Braziliya), Robert Levandovski (“Bavariya” /Barselona», Polsha terma jamoasi ), Karim Benzema (Real Madrid, Fransiya terma jamoasi), Krishtianu Ronaldu (Manchester Yunayted, Portugaliya terma jamoasi), Erling Xoland (Borussiya D/Manchester Siti, Norvegiya), Sebastyan Aller (Borussiya D, Kot-dʼIvuar), Garri Keyn (Tottenxem) , Angliya), Sadio Mane (“Liverpul”/Bavariya», Senegal), Kilian Mbappe (“PSJ”, Fransiya terma jamoasi), Darvin Nunes («Benfika»/Liverpul, Urugvay terma jamoasi), Son Xyon Min («Tottenxem», Janubiy Koreya terma jamoasi), Dushan Vlahovich (Fiorentina/Yuventus, Serbiya terma jamoasi).

Mukofotning amaldagi sohibi “PSJ” hujumchisi Lionel Messi boʻlib, u bu yil mukofotga daʼvogarlar qatoridan joy olmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?