“Oltin toʻp” qasosi olingan oqshomda “FIFA The Best 2024” gʻoliblari aniqlandi: Vinisius, Anchelotti va Martines – yilning eng yaxshilari

09:59 18 Dekabr 2024 Sport
357 0

Kecha, 17-dekabr kuni Qatarda FIFA tomonidan tashkil etilgan tantanali marosimda 2024-yilgi “The Best” sovrinining barcha nominatsiyalari boʻyicha gʻoliblar nomi eʼlon qilindi.

“Real Madrid” futbolchisi Vinisius Junior FIFA talqiniga koʻra, oʻtgan mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Ushbu sovrin uchun Kilian Mbappe, Erling Holand, Lionel Messi, Rodri, Jud Bellingem kabi yulduzlar ham nomzod edi.

Yilning eng yaxshi murabbiyi sovrini ham “Real Madrid” klubiga nasib qildi. Karlo Anchelotti FIFA tomonidan yilning eng yaxshi murabbiyi deb eʼtirof etilib, sovrinni Arsen Vengerdan qabul qilib oldi. Mukofot uchun Pep Gvardiola, Lionel Skaloni, Luis de la Fuyente va Xabi Alonso kabi murabbiylar ham daʼvogarlik qilgan edi.

Darvozabonlar orasida “Aston Villa” klubining argentinalik posboni Emiliano Martines yilning eng yaxshisi deb topildi. Bu nominatsiyada Andrey Lunin, Ederson, Janluijji Donnarumma va Mayk Menyan kabi nomzodlar bor edi. Shuningdek, FIFA yil goli sifatida “Manchester Yunayted” futbolchisi tomonidan “Everton” darvozasiga urilgan akrobatik supergolni tanladi va unga “Pushkash” mukofoti topshirildi.

FIFA talqiniga koʻra, mavsumning ramziy jamoasi ham eʼlon qilindi. Darvozabon Emiliano Martines, himoyachilar Dani Karvaxal, Antonio Ryudiger, Ruben Diash va Vilyam Saliba, yarim himoyachilar Rodri, Jud Bellingem, Toni Kroos va Lamin Yamal, hujumchilar esa Erling Holand va Vinisius tarkibdan oʻrin oldi.

Gʻoliblarni aniqlashda futbolchilarning 2023-yil 21-avgustdan 2024-yil 10-avgustgacha boʻlgan davrdagi natijalari inobatga olingan. Sovrin egalari milliy jamoalar sardorlari, murabbiylar, muxlislar va OAV vakillari ovozlari orqali aniqlangan.

Oʻzbekiston nomidan ushbu ovoz berishda milliy terma jamoa bosh murabbiyi Srechko Katanes, sardor Eldor Shomurodov va media vakili Davron Fayziyev ishtirok etdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер