Oltin narxi keskin tushdi. Oʻzbekistondagi vaziyat qanday?
21-oktyabr kuni Nyu-York tovar birjasida (COMEX) oltin narxi 6 foizdan ortiq arzonlab, troy unsiyasi 4093 dollarga tushdi. Bu soʻnggi 12-yilda kuzatilgan eng keskin pasayishdir, deb yozmoqda “Financial Times”.
Manbaga koʻra, qimmatbaho metallar bozoridagi pasayish faqat oltinga taalluqli emas — kumush, platina va palladiy narxlari ham 6–8 foizga arzonlagan. Mutaxassislar bu holatni AQSh prezidenti Donald Tramp va Xitoy rahbari Si Szinpin oʻrtasida boʻladigan uchrashuvdan kutilgan ijobiy natijalar bilan izohlamoqda. Uchrashuv savdo masalalaridagi kelishmovchiliklarni hal etishga qaratilgan.
Shuningdek, AQShdagi davlat organlari faoliyatining vaqtincha toʻxtashi (shatdaun) tufayli treyderlar Komissiyaning fyuchers bozori boʻyicha haftalik hisobotisiz qoldi. “Bloomberg” bu maʼlumotlarning yoʻqligi ayrim spekulyantlar tomonidan bozorda keskin harakatlarga sabab boʻlishi mumkinligini taʼkidlagan.
Moliya tahlilchilari esa dollar kursining koʻtarilishi ham oltin narxiga taʼsir oʻtkazganini qayd etmoqda. Shu bilan birga, oʻtgan haftalardagi tez oʻsish — oltinning olti hafta ichida 1000 dollarga qimmatlashi — narxlar ortiqcha yuqori darajaga chiqqanini koʻrsatmoqda. 16-oktyabr kuni oltin tarixda birinchi marta unsiyasi uchun 4300 dollardan oshib, 20-oktyabrda esa 4398 dollarga yetdi.
Oʻzbekiston Markaziy banki maʼlumotlariga koʻra, 22-oktyabrda 1 gramm oltin quymasining narxi 1 million 665 ming soʻmni tashkil etdi.
Regulyator quymalar narxini quyidagicha belgilagan:
- 5 gramm — 8 mln 326 ming soʻm;
- 10 gramm — 16 mln 652 ming soʻm;
- 20 gramm — 33 mln 305 ming soʻm;
- 50 gramm — 83 mln 262 ming soʻm;
- 100 gramm — 166 mln 523 ming soʻm.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring