Oloy bozorida parrandachilik mahsulotlariga ixtisoslashtirilgan doʻkon ochildi
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Parrandachilik nafaqat qishloq xoʻjaligining muhim yoʻnalishi, balki aholini sifatli va arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlashning eng istiqbolli tarmogʻiga aylanmoqda.
Sohaning rivojlanishida Prezidentimizning 2018-yil 13-noyabrdagi “Parrandachilikni yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori muhim ahamiyat kasb etyapti.Qarorga muvofiq, joriy yilda 7,5 mlrd. dona tuxum va 191,4 ming tonnaga parranda goʻshti yetishtirish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, respublikada 13 ta parrandachilik klasterini tashkil etish ishlari boshlab yuborilgan. Ilmiy-diagnostika laboratoriyasini tashkil etish maqsadida Yangiyoʻl tumanidan 1 gektar yer maydoni ajratilishi uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.
“Parrandasanoat” uyushmasi tomonidan parranda mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash uchun zarur boʻladigan asbob-uskuna, jihoz va mexanizmlarni mahalliylashtirishga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Misol uchun, Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi “Osiyo agrotex” korxonasida loyiha qiymati 5 mln. dollarga teng tuxum yoʻnalishidagi parrandalarni boqishga moʻljallangan texnologiyalarni ishlab chiqarishni boshlagan. Shuningdek, xonadonlarda tovuq boqish uchun maxsus setkalarni ishlab chiqarmoqda.
Bundan tashqari, Toshkent shahar, Yunusobod tumanida joylashgan “Glabo agromash” korxonasi tomonidan esa loyiha qiymati 1 mln. dollarga teng avtomatlashtirilgan yem ishlab chiqarish asbob-uskunalarini (drobilka, mikser, koʻtargich) ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.
Uyushma tomonidan, shuningdek, dehqon bozorlari va aholi gavjum boʻlgan hududlarda parranda mahsulotlarini sotish uchun ixtisoslashtirilgan savdo doʻkonlarini tashkil etish ishlari ham jadal davom etmoqda. Bugungi kunda Buxoro shahridagi “Markaziy dehqon bozori”da “Buxoro parranda” AJ, “Jondor chinor chorva” MCHJlar tomonidan bittadan, “Toʻqimachi” dehqon bozorida “Buxoro parranda” MCHJ tomonidan bitta, Gʻijduvon tumani “Markaziy dehqon bozori”da “Gʻijduvon zamin savdo” MCHJ tomonidan bitta maxsus firma doʻkonlari qurib ishga tushirildi. Poytaxtimizning Oloy bozorida faoliyatini boshlagan navbatdagi doʻkon ham bu yoʻnalishdagi navbatdagi qadam hisoblanadi.
Maʼlumot uchun: Oʻzbekistonda 1,5 mingdan ortiq parrandachilik korxonalarida 34 million boshdan ortiq parranda sanoat usulida boqilmoqda. 2019-2020-yillarda sohaga jami qariyb 3 trillion soʻmlik, shundan 83 million dollarlik toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar jalb etiladi. Natijada parrandalar soni 17 million boshgacha koʻpayib, sanoat usulida boqilayotganlari 50 million boshgacha yetkaziladi. 2019-yilda eksport hajmi 37 million dollarga yetishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring