“Olmaliq KMK” AJ besh oylik faoliyat sarhisobi. Natijalar qanday?
Arxiv surat
2022-yilning 15-iyun kuni poytaxtimizdagi Milliy matbuot markazida “Olmaliq KMK” AJdagi masʼullari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.
Tadbirda yirik sanoat korxonasi hisoblangan “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJning joriy yil 5 oyi yakunlari hamda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning eksporti boʻyicha amalga oshirilgan ishlar, kombinatning eksport salohiyati haqida maʼlumot berildi.
Maʼlum qilinishicha, oʻtgan 5 oyda kombinatda 13 640,4 mlrd soʻmlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, reja 121,4 foizga bajarilgan holda oʻtgan yilning shu davriga nisbatan oʻsish surʼati 115,7 foizni tashkil etgan. Albatta ushbu natija nafaqat “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” uchun, balki mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojida ham muhim ahamiyatga ega.
Soha mutaxassislarining taʼkidlashicha, korxona iqtisodiy salohiyati bilan birga eksport koʻrsatkichlari ham yildan-yilga oʻsib bormoqda. Xususan, 2017-yilda korxona tashqi bozorga 643,1 mln. dollarlik mahsulot yetkazib bergan boʻlsa, 2021-yilda eksport koʻrsatkichi 821,5 mln. dollarni tashkil qilgan. Joriy yilda ham eksport prognoz koʻrsatkichlarining oshigʻi bilan bajarilishi kutilmoqda.
Yana bir ahamiyatli jihati shundaki, korxonaning eksport geografiyasi gʻoyatda keng. Ozarbayjon, Armaniston, Afgʻoniston, Belorus, Hindiston kabi dunyoning 20 dan ortiq davlatlarida OKMK mahsulotlarining isteʼmolchilari bor.
Tadbirda jurnalistlar oʻzlarining qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javoblar olishdi.
Mashhura INOYATOVA, Marjona ZOKIROVA,
OʻzDJTU talabalari.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring