Olis hududlardagi pedagog-tarbiyachilar “Aqlvoy”da malaka oshiradi
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Mamlakatimiz maktabgacha taʼlim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan pedagog-tarbiyachilarning malakasini oshirish, ularni yangi bilimlardan xabardor qilishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2024-yil 30-sentyabrda qabul qilingan “Maktabgacha taʼlim sifati va samaradorligini yanada oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq, 2025-yil 1-martdan boshlab tajriba-sinov tariqasida respublikamizning uzoq va chekka hududlarida joylashgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun mobil malaka oshirish xizmatlari joriy etilmoqda.
Yaqinda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan shu maqsadda Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markaziga avtobus topshirildi.
— Endilikda “Aqlvoy” avtobusi viloyatning eng olis mahallalaridagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyachilarining malakasini oshirishga xizmat qiladi, — deydi Pedagogik mahorat markazi direktori oʻrinbosari Anvar Xurramov. — Avtobus bir vaqtning oʻzida 14 nafar pedagog- tarbiyachilarga mashgʻulotlar oʻtishga moʻljallangan oʻquv oʻrinlari, 10 dona noutbuk, 1 dona interaktiv monitor, yozuv doskasi, 1 dona internet tarqatuvchi qurilma (Wi-Fi router) bilan taʼminlangan.

Maxsus jihozlangan avtobus uzoq va chekka hududlarda joylashgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun birmuncha qulay boʻldi. Chunki ularga endi viloyat markaziga bormasdan uzluksiz kasbiy rivojlanish, bilimini boyitish uchun imkoniyat yaratildi. Shuningdek, “Metodik mahorat kuni” va “Metodik mahorat soati”lari ham tegishli hududlarda seminar-trening, interfaol shakllarda tashkil etiladi.
Mobil malaka oshirish mashgʻulotlarining dastlabkisi Qoʻshrabot tumanidagi “Zarkent” mahallasida joylashgan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun oʻtkazildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring