Olis hududlardagi oʻquv markazlari uchun ijtimoiy soliq miqdori 1 foiz boʻladi

14:24 24 Fevral 2026 Siyosat
282 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

“Koʻmak” dasturi doirasida 130 million soʻmgacha foizsiz ssuda ajratish yoʻlga qoʻyilgani uchun olis va chekka hududlarda olti oy ichida xorijiy til oʻrgatadigan 120 dan ziyod oʻquv markazi ish boshladi.

Bunday oʻquv markazlarini tashkil qilib, tajriba orttirgan yosh tadbirkorlar atrofida AT va zamonaviy kasb markazi, kutubxona, sport toʻgaraklarini ochish taklifini bermoqda.

“Koʻmak” loyihasi doirasida oʻz biznesini boshlab, yaxshi natija koʻrsatayotgan yoshlar faoliyatini kengaytirish uchun 300 million soʻmgacha foizsiz ssuda ajratish yoʻlga qoʻyiladi.

Endi olis hududlardagi oʻquv markazlari ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdorida toʻlaydi, ulardagi oʻqituvchilar uchun daromad soligʻi 7,5 foiz boʻladi (hozir ijtimoiy va daromad soligʻi 12 foizdan toʻlanadi).

Yoshlar ishlari agentligiga xususiy oʻquv markazlari bilan hamkorlikda yiliga 20 ming yoshni kelajak kasblariga oʻqitish dasturini ishga tushirish, har bir tumanga 500 million soʻmgacha ssuda ajratib, texnikum va oʻquv markazlarida kasb-hunar laboratoriyasini tashkil qilish topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер