Olimpiadadagi bir bokschimizni yoʻqotdik. Sabina Boboqulova tailandlik bokschiga imkoniyatni boy berdi

14:36 01 Avgust 2024 Sport
315 0

Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.

Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Sabina Boboqulova “Parij-2024” yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi ishtirokini boshladi.

Hamyurtimiz -50 kg vazn toifasida tailandlik 31 yoshli Chutamat Raksat bilan qiyin bahs oʻtkazdi. Birinchi raundda 5:0, ikkinchi raundda 4:1 va uchinchi raundda ham 5:0 hisobida magʻlub boʻldi.

Shu tariqa, Sabina Boboqulova oʻzining birinchi Olimpiadasida oʻzidan 10 yoshga katta tajribali sportchiga boy berib tark etadigan boʻldi.

Avvalroq, oʻzbekistonlik eshkak eshuvchi olimpiada finaliga yoʻl olishda 5 sekund kechga qolib magʻlub boʻlgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер