Olimlar yurak salomatligi uchun ovqatlanishning asosiy tamoyilini ochib berishdi
Illyustrativ foto
Garvard sogʻliqni saqlash maktabining amerikalik olimlari yurakni sogʻlom saqlash uchun ovqatlanishning asosiy tamoyilini ochib berishdi.
Bir necha oʻn yillar davomida deyarli 200 ming kishidan olingan maʼlumotlarning tahlili shuni koʻrsatdiki, yurakni himoya qilishda asosiy rol past uglevodli va kam yogʻli parhezni emas, balki sifatli mahsulotni tanlash muhimdir.
Olimlar guruhi turli xil ovqatlanish turlarining yurak-qon tomir kasalliklari xavfiga taʼsirini solishtirdi. Maʼlum boʻlishicha, parhezning sogʻlom versiyalari — toʻliq donlar, sabzavotlar, yongʻoqlarga urgʻu berilganda yurak xastaliklari xavfi 15 foizga kamaygan. Shu bilan birga, tozalangan uglevodlar va ortiqcha yogʻ bilan bilan bogʻliq variantlar kasallik xavfini oshirgan.
Mutaxassislar parhezda quyidagi oziq-ovqatlar ulushini oshirishni maslahat berishadi: sabzavotlar, mevalar, dukkaklilar. Shuningdek, ular qayta ishlangan goʻsht va shakarli ichimliklar isteʼmolini minimallashtirishni tavsiya qilishmoqda.
Olimlar genetika va turmush tarzining parhezlar samaradorligiga taʼsirini, shuningdek, ularning qandli diabet va saraton bilan bogʻliqligini oʻrganishni rejalashtirmoqda. Ushbu maʼlumotlar shaxsiylashtirilgan ovqatlanish tavsiyalarini yaratishga yordam beradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring