Olimlar qon guruhlari va xavfli kasalliklar oʻrtasidagi bogʻliqlikni aniqladilar

Ayrim kasalliklarga moyillik qon guruhiga bogʻliq boʻlishi mumkin. Xuddi shunday xulosaga shved olimlari tomonidan oʻtkazilgan tadqiqot yakunida kelindi.
Tadqiqot natijalari haqida batafsil “eLife” ilmiy jurnalida material chop etilgan.
Tadqiqotchilar besh million bemorning tibbiy maʼlumotlarini oʻrganib chiqishgan. Natijada ular maʼlum qon guruhlaridagi odamlarda koʻp uchraydigan 49 ta kasallikni aniqlashgan.
Olimlar ikkinchi qon guruhi boʻlgan odamlar koʻpincha qon quyuqlashishi — trombozdan, birinchisi esa qonning ivishi kasalligidan azob chekishini aniqlaganlar. Shu bilan birga, birinchi qon guruhi va ijobiy rezus-omiliga ega boʻlgan ayollar homiladorlik paytida koʻpincha gipertoniya bilan ogʻriganligi maʼlum boʻlgan.
Tadqiqotchilarning xulosalariga koʻra, uchinchi qon guruhi uning egasida buyrak toshlari paydo boʻlish xavfini kamaytiradi.
Mualliflar olingan natijalarni ilmiy asoslash uchun qoʻshimcha tadqiqotlar oʻtkazish kerakligini taʼkidlashgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ekologlar xulosasi: Yer maydonining 99 foizi xavfli zarralar bilan ifloslangan
- Abror Bakirov vafot etdi
- Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Oksana Chusovitina Jahon kubogida kumush medalga sazovor boʻldi
- Gruziyada dzyudo boʻyicha navbatdagi musobaqa boʻlib oʻtadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring