Olimlar: Mamontlar allergiya sabab yoʻq boʻlib ketgan
Xalqaro olimlar guruhi Sibir mamontining toʻqimalarini tahlil qilib, bu hayvonlarning oʻlimi sabablari haqida farazni ilgari surdi. Ularning fikriga koʻra, mamontlar allergiya qurboni boʻlishgan. Allergiya iqlim isishi tufayli paydo boʻlgan gulchanglardan boʻlgan.
Aksariyat olimlar mamontlarning yoʻq boʻlib ketishiga iqlim oʻzgarishi va qadimgi odamlarning faoliyati sabab boʻlgan deb ishonishadi. Biroq, muqobil versiyalar mavjud. Xususan, Isroil, Italiya va Rossiya olimlari Sibirning abadiy muzligida topilgan mamontlar qoldiqlarini oʻrganishdi. Hayvon toʻqimalarining tahlili shuni koʻrsatdiki, toʻqimalarda tirik organizmlarni viruslar, bakteriyalar va allergenlardan himoya qiluvchi immunoglobulin oqsillari mavjud.
Olimlar mamontlar toʻqimalarida topilgan immunoglobulinlarni oʻsimlik gulchanglariga allergik reaksiyaning namoyon boʻlishi bilan bogʻlashdi.
Olimlarning fikricha, iqlim isishi tufayli oʻsimliklar uchuvchi organik birikmalarning yangi turlarini ishlab chiqara boshlagan. Bu esa oʻz navbatida oʻsha paytda Yerda yashagan faunada hid sezish bilan bogʻliq jiddiy muammolarni keltirib chiqargan.
Hid hissi hayvonlarning suv va oziq-ovqat izlash jarayonida muhim rol oʻynaydi. Lekin oʻsimlik gulchanglari, olimlarning fikriga koʻra, surunkali allergik reaksiyalarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu esa pirovardida hayvonlarning hayotiyligiga salbiy taʼsir koʻrsatgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring