Olimlar hayotni bir necha yilga uzaytirish usulini topishdi
Foto: www.google.com
Bostondagi Brigam shifoxonasi olimlari uzoq umr koʻrishning yangi usulini eʼlon qilishdi. Maʼlum boʻlishicha, qon bosimini boshqarish orqali hayotni uch yilga uzaytirish mumkin ekan.
Tadqiqotda 50 yoshdan oshgan 9 000 kishi ishtirok etdi. Ular diabet rivojlanish xavfi yuqori boʻlgan odamlar edi. Koʻngillilarda 130 dan 180 millimetr (simob ustuni)gacha yuqori qon bosimi boʻlganligi qayd etildi. Ishtirokchilar ikki guruhga boʻlinishdi.
Shifokorlar birinchi guruhda bosimni 120 mm (simob ustuni)ga, ikkinchi guruhda esa 140 mm (simob ustuni)gacha kamaytirishga harakat qilishdi va qatnashchilarni uch yil davomida kuzatishdi.
Natijada shifokorlar agar odamlar umrining qolgan qismida antigipertenziv davolashni davom ettirishsa va qon bosimini 120 mm ga tushirishni amalga oshira olishsa, hayotiga olti oydan uch yilgacha umr qoʻshishlari mumkinligini qayd etishdi. Bu qiymat odamning yoshiga ham bogʻliq. Shu bois terapiya qanchalik tez boshlansa, shunchalik uzoq umr koʻrilar ekan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring