Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining barcha oʻrinbosarlari ishdan olindi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Joriy yil boshidan xalqaro fan olimpiadalarida oʻquvchilarimiz 195 ta medalni qoʻlga kiritdi. Ularga oshirilgan stavkada jami 10 milliard soʻm, murabbiy oʻqituvchilariga esa 3,5 milliard soʻm pul mukofoti beriladi. Bu haqda Prezident raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida aytildi.
Yigʻilishida qayd etilishicha, xorijiy til egalari jalb qilingan 1 mingdan ziyod maktabda til boʻyicha sertifikat olgan oʻquvchilar soni bir yilda 2,5 barobar koʻpaydi.
“Toʻgʻri, maktabgacha va maktab taʼlimida oʻzgarishlar boʻlyapti, dasturlar ishlayapti, natijalar bor. Lekin kasb-hunar va oliy taʼlimga masʼul mutasaddilar haligacha taʼlimdagi islohotlar mazmunini toʻliq tushunib yetgani yoʻq”, dedi davlatimiz rahbari.
Shu bois, oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining barcha oʻrinbosarlari – birinchi oʻrinbosar Shoxruh Daliyev, oʻrinbosarlar Otabek Mahkamov va Sarvarxon Buzrukxonov ishdan olingani eʼlon qilindi.
Shuningdek, Prezident farmoni va qarori bilan Prezident Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi direktori Adxam Xudaykulov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Sharof Rajabbayev lavozimidan ozod etildi.
Endilikda maktabgacha va maktab taʼlimi hamda oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirlari, ularning oʻrinbosarlari, hokimlar preventiv va proaktiv ishlashga oʻtib, taʼlimning barcha yoʻnalishlarida katta oʻzgarish qilishi shartligi koʻrsatib oʻtildi.
Joriy yilda bogʻcha oʻrinlarini qoʻshimcha 182 mingtaga koʻpaytirish rejalashtirilgan. Ularning 82 mingi yangi bogʻchalar hissasiga toʻgʻri keladi.
Tumanlar hokimlari qolgan oʻrinlar nima hisobidan yaratilishini oʻylamayotgani tanqid qilindi.
Misol uchun, 118 ta bogʻchadagi 255 ta xona taʼmirga muhtoj boʻlgani uchun boʻsh turibdi. Yoki joylarda 8 ta bogʻchani qurish va taʼmirlash 2-3-yildan beri choʻzilmoqda.
Chimboy, Gʻallaorol, Qiziriq, Boysundagi 1 tadan bogʻcha hali taʼmirdan chiqmagan. Dehqonobod, Sariosiyo, Boʻstonliq, Nurafshonda 1 tadan yangi bogʻcha qurilishi yakunlanmagan.
Viloyat va tumanlar hokimlariga 118 ta bogʻchadagi xonalarni taʼmirlab jihozlashga, yana 8 ta bogʻchani toʻliq ishga tushirishga 1-noyabrgacha muhlat berildi, aks holda tegishli choralar koʻrilishi haqida ogohlantirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring