Oliy sud Oʻzbekistonda taqiqlangan manba va materiallar roʻyxatini eʼlon qildi

Internet jahon tarmogʻidagi diniy ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan deb topilgan hamda Oʻzbekiston Respublikasining hududiga olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etilishi taqiqlangan manba va materiallar roʻyxati eʼlon qilindi. Bu haqda Oliy sud maʼlumot berdi.
2025-yil 8-yanvar holatiga koʻra, roʻyxatga 1 ming 389 ta turli profil, kanal va materiallar kiritilgan. Xususan:
“Facebook” ijtimoiy tarmogʻida 203 ta profil va materiallar;
“Telegram” messenjerida 713 ta kanal, guruh va materiallar;
“Instagram” ijtimoiy tarmogʻida 226 ta profillar;
“Youtube” video-xostingida 135 ta kanal va turli videolar;
“Odnoklassniki” ijtimoiy tarmogʻida 35 ta profil va materiallar;
“Tik-tok”da 44 ta profil;
Internet jahon axborot tarmogʻidagi 13 ta sayt va alohida materiallar;
20 ta turli kitob, maʼruza va nashidalar.
“Qadrli ota-onalar va yoshlar! Diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizm tuzogʻiga tushib qolishdan doimo saqlaning. Ular hayotingiz va orzularingizni barbod qilishiga aslo yoʻl qoʻymang”, deyiladi Oliy sud matbuot xizmati xabarida.
Taʼkidlash joiz, Jinoyat kodeksi 244-3-moddasiga koʻra, diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatganlik uchun BHMning 100 baravari miqdorda jarima yoki 3-yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring