Oliy Majlis Senatining oʻttiz oltinchi yalpi majlisi 27-dekabr kuni chaqiriladi
Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati
Joriy yilning 23-dekabr kuni Oliy Majlis Senati Kengashining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi. Uni Senat Raisi Tanzila Narbayeva olib bordi.
Majlisda Senatning oʻttiz oltinchi yalpi majlisini 2022-yil 27-dekabr kuni chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.
Qayd etilganidek, videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda boʻlib oʻtadigan navbatdagi yalpi majlisda bir qator masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan ustuvor yoʻnalishlar, shuningdek, “2023-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi, “2022-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida»gi, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi, “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish toʻgʻrisida”gi, “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash toʻgʻrisida”gi qonunlar shular jumlasidandir.
Shu bilan birga navbatdagi yalpi majlisda “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi va “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida mahkumlarni topshirish toʻgʻrisidagi bitimni (Toshkent, 2022-yil 29-mart) ratifikatsiya qilish haqida”gi hamda “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunlarni ham koʻrib chiqish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, senatorlar tomonidan mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha belgilangan loyihalar yuzasidan amalga oshirilgan ishlar hamda 2030-yilga qadar Oʻzbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasining 2022-yildagi ijrosi hamda uni amalga oshirish boʻyicha 2023-yilga moʻljallangan chora-tadbirlarni tasdiqlash masalasi ham muhokama qilinadi.
Yalpi majlis doirasida Oliy Majlis Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash ham nazarda tutilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring