Oliy Majlis Senati tomonidan mahalliy Kengashlar faoliyatiga koʻmaklashish borasida amalga oshirilgan ishlar muhokama etildi

Foto: Davronbek Ernazarov / “Xalq soʻzi”
Yalpi majlisda Oliy Majlis Senati tomonidan xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatiga koʻmaklashish borasida amalga oshirilgan ishlar muhokama etildi.
Yangilangan Konstitutsiyada mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga oʻz faoliyatini amalga oshirishda koʻmaklashish Senatning mutlaq vakolati sifatida belgilanganligidan kelib chiqib, mahalliy Kengashlar faoliyatini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, Kengashlar ishini sifatli tashkil etish borasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.
Mahalliy Kengashlar faoliyatini tizimli yoʻlga qoʻyishga uslubiy koʻmaklashish maqsadida 20 dan ortiq normativ hujjatlar tayyorlanib, amaliyotga tatbiq etilgan.
Xususan, mahalliy Kengashlar qarorlari loyihalarini ishlab chiqish va ularni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uslubiyoti tasdiqlangan, Kengash soʻrovi, Kengash tekshiruvi institutlarining huquqiy asoslari mustahkamlangan, Kengashlar huzurida ekspert guruhlarini tashkil etish choralari koʻrilgan.
Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengash deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan oʻzaro hamkorligini yanada kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilangan.
Shuningdek, mahalliy Kengashlar faoliyatini namunali tashkil etish mezonlari ishlab chiqilib, joylarda ushbu mezonlar asosida har bir hududda bittadan tuman (shahar) Kengashining faoliyatini namunali yoʻlga qoʻyish boʻyicha muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada Senat tomonidan mahalliy Kengashlarga har tomonlama amaliy va uslubiy yordam koʻrsatib kelinmoqda.
Mahalliy Kengashlar faoliyatining huquqiy asoslarini yanada mustahkamlash maqsadida 3 ta qonun loyihasi ishlab chiqilgan. Mazkur qonun loyihalari bilan mahalliy davlat hokimiyati organlarining vazifalarini “Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyili asosida vakillik va ijro etuvchi hokimiyat organlari oʻrtasida aniq taqsimlash, takrorlanuvchi vazifalarni bekor qilish, mahalliy byudjetlarni shakllantirishda deputatlarning faol ishtirokini taʼminlash, mahalliy Kengashlarning oʻzaro va xalqaro hamkorligining huquqiy asoslarini mustahkamlash nazarda tutilmoqda.
Oʻzbekistonda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasi va uni amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” loyihalari ishlab chiqilib, unda mahalliy Kengashlarning nazorat hamda norma ijodkorligiga oid faoliyatini, deputatlarning mahalliy byudjet va hududlarni rivojlantirish jarayonlaridagi ishtirokini kuchaytirish, Kengash faoliyatida jamoatchilikning keng ishtirokini taʼminlash, deputatlarining saylovchilar bilan ishlarini yanada takomillashtirishga qaratilgan aniq choralar belgilanmoqda.
Shu bilan birga mahalliy Kengashlar faoliyatini raqamlashtirish, “E-Kengash” elektron platformasida foydalanuvchilar uchun yanada qulaylik yaratish maqsadida ularni tegishli axborot tizimlari bilan integratsiya qilish borasida ishlar amalga oshirilgani qayd etildi.
Yalpi majlisda mahalliy Kengashlar faoliyatini takomillashtirish masalalari bilan bir qatorda Senatning Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasining muhim vazifalari ham muhokama qilindi.
Shuningdek, mahalliy Kengashlarning nazorat hamda norma ijodkorligi boʻyicha faoliyatining samaradorligini oshirish, hudud manfaatlariga oid hamda aholi tomonidan koʻtarilayotgan muhim va dolzarb masalalarni hal etish boʻyicha imkoniyatlarini kengaytirish hamda mahalliy vakillik organlari deputatlari va kotibiyat xodimlarining malakasini doimiy ravishda oshirib borish tizimini yoʻlga qoʻyishga oid vazifalar belgilandi.
Muhokama yakunida Senatning tegishli qarori qabul qilindi.
Foto: Davronbek Ernazarov / “Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring