Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva AQSH Kongressi delegatsiyasini qabul qildi
Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati
Joriy yilning 22-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva mamlakatimizga tashrif buyurgan AQSH Kongressidagi «Oʻzbekiston boʻyicha kokus»ning hamraisi, kongressmen Trent Kelli boshchiligidagi AQSH Kongressi delegatsiyasi bilan uchrashdi.
Muloqotda Oʻzbekiston - Amerika hamkorligining bugungi holati va istiqbollari, jumladan, parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Taʼkidlanganidek, oxirgi yillarda ikki tomonlama parlamentlararo aloqalar dinamikasida sezilarli faollik kuzatilmoqda.
Bunga albatta, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ochiq, konstruktiv va pragmatik tashqi siyosati koʻp jihatdan turtki boʻlmoqda.
Ikki davlat parlamentlari oʻrtasidagi munosabatlarning rivojlanishida «Oʻzbekiston–AQSH» parlamentlararo guruhi hamda AQSH Kongressidagi «Oʻzbekiston boʻyicha kokus»ning saʼy-harakatlari eʼtirof etildi.
Uchrashuvda hamkorlikning parlamentlararo aloqalarini kengaytirish, shuningdek, demokratik islohotlarni amalga oshirish kabi sohalarda mustahkamlash masalasiga eʼtibor qaratildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring