Oliy Majlis Senati Raisi boshchiligidagi parlament delegatsiyasi Budapeshtdagi Qahramonlar maydonida vatan himoyachilari xotirasiga hurmat bajo keltirdi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva Budapeshtdagi Qahramonlar maydonidagi Nomaʼlum askar yodgorligi poyiga gul qoʻydi hamda Vengriya xalqining ozodlik uchun kurashgan himoyachilari xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
Qahramonlar maydonida joylashgan ushbu yodgorlik katta toshli kenotafdan iborat boʻlib, Vatan himoyachilarining mangu xotirasiga hurmat timsoli sifatida qad rostlagan. Yodgorlik “Venger xalqining ozodligi va milliy mustaqilligi uchun jonini fido qilgan qahramonlar shoniga” bagʻishlangan.
Mazkur yodgorlik dastlab 1929-yilda Birinchi jahon urushi qurbonlarini yod etish maqsadida oʻrnatilgan. Keyinchalik 1956-yilda haykaltarosh Beyla Gebxardt loyihasi asosida qayta tiklangan, 2001-yil 20-avgustda esa Andrash Silagiyai tomonidan yaratilgan hozirgi koʻrinishda ochilgan.
Senat Raisi Faxriy mehmonlar kitobida quyidagi soʻzlarni yozib qoldirdi: “Vengriya xalqining erkinligi va milliy mustaqilligi yoʻlida jon fido qilgan qahramonlarning porloq xotirasi oldida chuqur taʼzim bajo qilaman. Ularning mardligi, fidoyiligi va Vatan ravnaqi yoʻlida koʻrsatgan jasorati nafaqat Vengriya tarixining, balki butun insoniyatning bebaho merosidir. Umumiy tarixiy xotira va doʻstlik rishtalari bizning xalqlarimizni yanada yaqinlashtiradi. Ushbu muqaddas maskanga tashrif buyurish biz uchun katta sharafdir”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring