Oliy Majlis Senati Axborot xizmati raddiyasi
Oliy Majlis Senati Axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan goʻyoki Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva “Oʻzbekiston fuqarolarining maxsus harbiy operatsiyadagi ishtiroki qonuniy” degani aks etgan video yuzasidan raddiya eʼlon qildi.
Unga koʻra ushbu video “feyk” xabar boʻlib, sunʼiy intellekt yordamida yasalgan oʻxshash ovoz yordamida tayyorlangan. Keng jamoatchilikni chalgʻitishga qaratilgan bu video haqiqatga umuman toʻgʻri kelmaydi.
Senat Axborot xizmati bunday yolgʻon xabarni keskin qoralaydi va provokatsiya deb baholaydi. Shu munosabat bilan barchani har qanday xabarning ishonchliligini rasmiy manbalar orqali tekshirishga, yolgʻon va soxta maʼlumotlarni tarqatmaslikka chaqiradi.
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring