Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boshlandi
Majlisda deputatlar koʻpdan buyon keng jamoatchilik eʼtiborini tortgan “Reklama toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ikkinchi oʻqishda moddama-modda koʻrib chiqishmoqda.
Yangi tahrirda qabul qilinishi kutilayotgan mazkur qonunda bir qator oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutilgan. Unga koʻra, reklama hamda tashqi reklama faoliyati sohasida Vazirlar Mahkamasi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi (reklama sohasidagi vakolatli davlat organi), shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining aniq vakolatlari belgilab qoʻyilmoqda.
Shu bilan birga, fuqarolik jamiyati institutlarining rolini kuchaytirish, reklama sohasida jamoat nazorati tizimini samaradorligini oshirish, sohani oʻzini-oʻzi tartibga solish tizimini rivojlantirish maqsadida Reklamaga oid faoliyat subyektlarining birlashmalariga vakolatlar berilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring