Oktyabrning soʻnggi kunida ob-havo qanday boʻladi?

18:02 30 Oktyabr 2025 Jamiyat
423 0

Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”

“Oʻzgidromet” 31-oktyabr kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli, kechqurun biroz yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi, chang toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 8-10 daraja, kunduzi 21-23 daraja boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 3-8 daraja, kunduzi 13-18 daraja boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 6-11 daraja, kunduzi 15-20 daraja boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 6-11 daraja, kunduzi 20-25 daraja boʻladi.

Samarqand viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 6-11 daraja, kunduzi 20-25 daraja boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 6-11 daraja, kunduzi 19-24 daraja boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-11 daraja, kunduzi 18-23 daraja boʻladi.

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja, kunduzi 12-17 daraja boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер