Oksana Chusovitina – jahon kubogida oltin medalni qoʻlga kiritdi (+video)
Ozarbayjonda oʻtayotgan sport gimnastikasi boʻyicha Jahon kubogi bahslarida hamyurtimiz, 49 yoshli Oksana Chusovitina oltin medalga sazovor boʻldi.
Bugun, 8-mart kuni Boku shahrida oʻtkazilgan final bahslarida Oksana Chusovitina tayanib sakrash yoʻnalishida 13.516 ball toʻplab, hammadan yuqori natija qayd etgan holda birinchilikni egalladi.
Undan keyingi oʻrinlarda sloveniyalik Teya Belak 13,366 ball bilan ikkinchi oʻrinni egallagan boʻlsa, 13,283 ball toʻplagan yana bir sloveniyalik gimnastikachi Tyasa Kisselef uchinchi pogʻanada qayd etilgan.
Vengriyalik Greta Mayer hamda hindistonlik Samanta Protictxa toʻrtinchi hamda beshinchi oʻrinlarni boʻlishib olgan.

Maʼlumot uchun, Oksana Chusovitina sakkiz karra Olimpiada ishtirokchisi sanaladi. U jarohati tufayli Parij Olimpiadasini oʻtkazib yuborgan boʻlsada, 2028-yilgi Los-Anjeles Olimpiadasida ishtirok etmoqchi ekanini maʼlum qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Oʻzbekiston dunyodagi sayyohlar oqimi eng tez oʻsayotgan yetti mamlakatdan biri — BMT hisoboti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring