Oxirgi uch yilda 3 mingdan ziyod yurtdoshimiz afv etildi
Odil sudlovga erishish uchun sud ishlarini toʻliq raqamlashtirish, inson omilini kamaytirib, sunʼiy intellektdan keng foydalanish borasida faol ish olib borilmoqda.
Iqtisodiy va maʼmuriy ishlar boʻyicha sud binosiga borib oʻtirishga hojat qolmaydi – taraflar sudda onlayn ishtirok etadi, sudlarda ochiqlik, oshkoralik taʼminlanadi.
Qisqacha aytganda, mamlakatimiz “raqamlashgan va adolatli sud davri” ostonasida turibdi.
Oxirgi uch yilda sudlangan shaxslarning 70 foiziga ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolar tayinlandi. Uch mingga yaqin fuqaroga esa oqlov hukmi chiqarildi. Jazo muddatini oʻtayotgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy kirgan 3 mingdan ziyod yurtdoshimiz afv etildi.
«Bunday tarixiy qadamlar vaqtinchalik kampaniya emas, balki davlat siyosati darajasidagi uzluksiz jarayondir. Biz “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” degan ezgu gʻoya asosida bu ishlarimizni yangi, yuksak bosqichga olib chiqamiz. Xalqimiz farovonligiga salbiy taʼsir qilayotgan korrupsiya, monopoliya, byurokratiya, dabdababozlik, maʼnaviy tahdidlarga qarshi kurashni keskin davom ettiramiz», — dedi Prezident.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring