Oxirgi paytlarda “ogʻir karvon” boʻlib qolgan edik — kinorejissyor Bahodir Odilov
“Oʻzbekkino” Milliy agentligida Prezident tomonidan shu yil 7-aprelda imzolangan kino sanʼati va sanoati taraqqiyotiga xizmat qiluvchi muhim hujjatlar mazmun-mohiyati va ahamiyatiga bagʻishlab oʻtkazilgan anjuman qatnashgan kinorejissyor Bahodir Odilov ushbu Farmon va qaror mohiyati haqida oʻz fikrini bildirdi.
«Bugun biz, kinoijodkorlar uchun hayajonli kun — haqiqatan ham tarixiy voqelik boʻldi. Oʻtgan oʻttiz yil davomida kino sanʼati taraqqiyotiga oid bunday muhim hujjatlar qabul qilinmagan edi. Hujjatlar bilan tanishib chiqdim, ilk taassurot shuki, bu imkoniyatlar, bizga katta masʼuliyat ham yuklaydi, albatta.
Farmon va qaror bilan sohadagi mavjud muammolar bartaraf etilmoqda. Endi biz, kinoijodkorlar faqat gʻayrat bilan ishlashimiz, vatanparvarlik kerak. Toʻgʻri tushuning, bu, shunchaki balandparvoz soʻz emas, chin koʻngildan aytilayotgan izhordir.
Tan olish kerak, oxirgi paytlarda “ogʻir karvon” boʻlib qolgan edik. Davlatimiz rahbari hujjatlarda belgilangan imkoniyat va imtiyozlarga javoban, bizdan oʻzgacha shiddat va harakatni, sohada oʻzgarish qilishimizni kutadi. Ishonchim komilki, shu soha taraqqiyotiga bel bogʻlagan barcha ijodkorlar bir tan-u bir jon boʻlib harakat qilsak, albatta, kino sanʼati va sanoatini yangi pogʻonaga olib chiqa olamiz» — deydi kinorejissyor.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring