Okeanlarni ifloslanishiga qarshi robotlar kurashadi
Tadqiqotchilar mikroplastmassalar va suv muhitida bakterial ifloslanishning umumiy muammolarini hal qilish uchun moʻljallangan mikrorobotlar toʻplamini ishlab chiqdilar. Bu haqda Amerika kimyo jamiyatiga tayanib, SciTechDaily xabar bermoqda. Ushbu innovatsion yondashuv atrof-muhit texnologiyasida sezilarli muvaffaqiyatni anglatadi.
Yaqinda ACS Nano tadqiqoti mikroskopik robotlar suv manbalarini zararli mikroplastik chiqindilardan tozalashi mumkinligini koʻrsatdi. Bu yutuq atrof-muhitning ifloslanishi hamda turli suv kasalliklar tarqalish tahdidiga qarshi kurashda muhim vosita boʻlishi mumkin. Tadqiqotchilar ushbu mikrorobotlarni turli xil suv muhitlarida, jumladan daryolar, koʻllar va okeanlarda joylashtirish imkoniyatlarini oʻrganib chiqmoqdalar.
Robotlar ishlashi uchun mikroplastmassalar hajmi 5 millimetrdan kichik boʻlishi kerak. Bu hajmdagi plastmassalar xavfli koʻrinmasa-da, aynan shular dengiz va okeanlarning faunasi hamda florasiga tahdid solib, oziq-ovqat zanjiriga taʼsir qilishi ilmiy isbotlangan.
Mikrorobotlar musbat zaryadlangan polimer iplari bilan bogʻlangan magnit mikrozarrachalardan qurilgan. Ushbu innovatsion dizayn robotlarga mikroplastik zarralar va bakterial patogenlarni jalb qilish hamda bogʻlash imkonini berishi kutilyapti.
Sinovdan oʻtkazilgan eng yuqori konsentratsiyada mikrorobotlar bakteriyalarning 80 foizini va mikroplastik zarralarning koʻp qismini muvaffaqiyatli yoʻq qila oldi. Keyinchalik tadqiqot va ishlanmalar ushbu robotlarni yanada samaraliroq qilish uchun ishlanishi maʼlum qilingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring