Oybek Qosimov Osiyo Olimpiya kengashining “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi
Bangkokda Osiyo Olimpiya kengashining (OOK) 43-Bosh Assambleyasi oʻz ishini boshladi. Dastavval, OOKning amaldagi rahbari Raja Randxir Singx barcha delegatlarni qutlab, kun tartibidagi masalalar bilan tanishtirdi.
Shuningdek, uzoq yillar qitʼamizda Olimpiya harakati rivojiga hissa qoʻshgan mutasaddilarga OOKning eng nufuzli sovrini – “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni topshirildi. Hamyurtimiz, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi Oybek Qosimov hpi xuddi shu mukofot bilan tqadirlandi.
Bundan tashqari, Assambleya Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi Prezidenti Tomas Baxning OOK oilasiga yoʻllagan murojaati oʻqib eshittirildi.
43-Bosh Assambleya oʻz ishini davom ettirmoqda. Tadbir doirasida mezbon davlatlar yirik kompleks musobaqalarga tayyorgarlik boʻyicha taqdimot oʻtkazadi. Shu jumladan, Oʻzbekiston tomoni ham Toshkent-2025 yoshlar Osiyo oʻyinlariga koʻrilayotgan hozirlik boʻyicha qitʼadoshlarimizga maʼlumot berishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring