Oilaviy mehmon uylari, xostellar faoliyatini tashkil etish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (622-son, 27.11.2023-y.) bilan Oilaviy mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlar faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Oilaviy mehmon uyi – mehmon uyida uy egasining oila aʼzolari bilan birga yashash tamoyili boʻyicha bir vaqtning oʻzida 10 nafargacha tashrif buyuruvchilarga (turistlarga) vaqtincha yashash va (yoki) ovqatlanish boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi, shuningdek, har bir yashovchi shaxsga 3 metr kvadrat hisobidan toʻgʻri keladigan turar joy maydoniga ega boʻlgan xususiy uy-joy obyekti.
Nizomga koʻra, mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlar faoliyati ularni Turizm qoʻmitasi tomonidan yuritiladigan Reyestrga kiritish va Reyestrdan koʻchirma berish orqali tashkil etiladi.
Mehmon uylari faoliyatini tashkil etishda tegishli sharoitlar yaratilgan boʻlishi shart (quyidagi roʻyxatda keltirilgan).
Qaror bilan shuningdek, mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlarni Reyestrga kiritish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.
Bunda mehmon uyi, xostel, oʻtovli va chodirli oromgoh faoliyatini tashkil etish istagini bildirgan shaxs (ariza beruvchi) davlat xizmatidan foydalanish uchun:
➖ Davlat xizmatlari markaziga shaxsan oʻzi kelib murojaat etadi;
➖ yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali roʻyxatdan oʻtadi.
Soʻrovnoma toʻldirilib, unga tegishli hujjatlar ilova qilinadi.
Turizm qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari (vakolatli organ) hujjatlarni olgan kundan boshlab 3 ish kuni davomida koʻrib chiqadi hamda oʻrganib chiqish natijasi yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Davlat xizmati bepul koʻrsatiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Abdulaziz Komilov Italiyaning eng yuqori davlat mukofoti bilan taqdirlandi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring