“Oilaviy bolalar uyi” tarbiyalanuvchilariga Prezident sovgʻalari topshirildi

21:57 28 Dekabr 2023 Jamiyat
515 0

Mamlakatimizning boshqa hududlarida boʻlgani kabi Qoraqalpogʻiston Respublikasida ham oilaviy mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, ota-ona qaramogʻidan ayrilgan, ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yoʻlida qurbon boʻlgan bolalar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlariga Prezident sovgʻalari topshirilmoqda.

Bugun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev Taxiatosh “Bolalar uyi”da tarbiyalanayotgan bolajonlar huzurida boʻlib, Yangi yil bayrami bilan tabrikladi, Prezident sovgʻalarini taqdim qildi. Oʻz navbatida bolajonlar ham Yangi yil archasi atrofida tashkil etilgan bayram tadbirida chiroyli raqsga tushib, qoʻshiqlar aytib, mehmonlarni xursand qildi.

Shuningdek, Joʻqorgʻi Kenges Raisi hududdagi bir qator oilaviy bolalar uylaridagi bayram tadbirlarida ishtirok etib, jajji bolajonlar qoʻliga Prezident sovgʻalarini tutqazdi. Hozirgi kunda Taxiatosh tumanidagi 1-oilaviy bolalar uyida 6 nafar, 2-oilaviy bolalar uyida 9 nafar bola tarbiyalanmoqda.

Bagʻrikenglik, bolalarni sevish, mehr-muruvvatli boʻlish xalqimizning eng yuksak insoniy fazilatlari sanaladi. Ayniqsa, jajjigina kelajagimiz vorislari koʻngliga shodlik olib kirish, quvonchiga sherik boʻlish naqadar zavqli. Binobarin, yurtimizda bolalar kamoli yoʻlida olib borilayotgan davlat darajasidagi saʼy-harakatlar tahsinga sazovor.

Gʻayrat OTAJONOV, “Xalq soʻzi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер