Ohangaronda mikroprotsessor va SIM karta ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi
Foto: “Xalq soʻzi”
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-iyundagi “Mis va noyob metallar xom ashyosini qayta ishlashning texnologik zanjirlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Ohangaron tumanida mis va noyob metallarni qayta ishlash orqali yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlarni ishlab chiqarishga qaratilgan “Ohangaron Tech Industrial” texnoparki tashkil etilmoqda.
Texnopark barpo etilishi natijasida dastlabki bosqichda umumiy qiymati 191,3 mln. dollar boʻlgan 10 ta loyiha amalga oshirilib, 1870 ta yangi ish oʻrinlari yaratiladi.
Texnopark hududida hozirgi kunda ikkita korxona qurilish ishlari boshlangan.
Ulardan biri “Ahangaran Copper Foil” MCHJ boʻlib, ushbu loyihaning qiymati 50 mln. dollarni tashkil etadi. U toʻrt bosqichda amalga oshiriladi. Korxona oʻz ish faoliyatini boshlashi natijasida 350 ta yangi ish oʻrni yaratiladi. Birinchi bosqichda dunyo brendlariga kirgan “Schneider“ kompaniyasi bilan hamkorlikda elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqariladi. Keyingi bosqichlariga kelib, davlatimizda birinchilardan boʻlib, mis folgasini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi. Ayni damda korxona tomonidan Germaniya, Koreya va Xitoyda ishlab chiqarilgan zamonaviy uskunalar olib kelinmoqda.
Bu yerdagi ikkinchi loyiha “Vades Group” MCHJ boʻlib, korxonada identifikatsiya uchun moʻljallangan mikroprotsessor modullari, mobil qurilmalar uchun SIM karta, transport, ijtimoiy va xalqaro valyuta toʻlovi kartalarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi. Loyihaning umumiy qiymati 5 mln. dollar boʻlib, loyihani amalga oshirish natijasida 95 ta yangi ish oʻrinlari yaratiladi.
Hozirgi kunda mazkur korxonaga Koreya va Xitoy davlatlaridan “Kodak”, “Genius” va “Colamark” brendi ostida ishlab chiqarilgan eng soʻnggi rusumdagi uskunalar sotib olinmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring