Ohangaronda an’anaviy «Iloq» etnofestivali bo‘lib o‘tdi
Foto: Davronbek Ernazarov / «Xalq so‘zi»
Toshkent viloyati Ohangaron tumanida joylashgan O‘rg‘ozsoy kengliklarida an’anaviy «Iloq» etnografik festivalining yettinchi soni tantanali ravishda o‘tkazildi.

Mazkur festival qadimiy Iloq davlatining tarixiy merosi, madaniyati va urf-odatlarini asrash va keng targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilib, mehmonlarga boy dastur taqdim etildi. Folklor ansambllar chiqishlari, teatr tomoshalari, konsert dasturlari, hunarmandlar ko‘rgazmalari va sport musobaqalari festival ishtirokchilariga haqiqiy bayram kayfiyati ulashdi.

«Iloq» etnofestivali ilk bor 2016-yilda Ohangaron tumani Sanam qishlog‘ida o‘tkazilgan edi. Keyingi yillarda festival O‘rtachirchiq tumani Ulkanto‘ytepa qadimiy shahar hududida (2017), Ohangaron tumani Shovg‘oz qishlog‘ida (2018), va bir necha marta O‘rg‘oz qishlog‘ida (2019, 2022, 2023 yillarda) o‘tkazildi. 2025-yildan boshlab, mazkur festival doimiy ravishda O‘rg‘oz qishlog‘ida tashkil etiladigan bo‘ldi.

Festival Xalqaro «Oltin meros» xayriya jamoat fondi tashabbusi va g‘oyasi asosida o‘tkaziladi. Fondning Toshkent viloyati muassasasi bu tashabbus atrofida viloyat hokimligi, Ohangaron tumani hokimligi, viloyat madaniyat va turizm boshqarmalari, shuningdek, ZOOM – proyekt jurnali kabi ko‘plab hamkorlarni birlashtirdi.

Iloq etnofestivali orqali nafaqat qadimiy tarix va madaniyat qayta jonlantirilmoqda, balki Ohangaron tumani va Toshkent vohasining boy tarixiy-ekologik salohiyati ham keng namoyon etilmoqda.



























Foto: Davronbek Ernazarov / «Xalq so‘zi»
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring