Ohangaron tumanida chamadon ichidan ayol kishining murdasi topildi

19:00 28 Yanvar 2022 Jamiyat
1231 0

Arxiv surat

2022-yilning 27-yanvar kuni soat taxminan 21:30larda chamadon ichidan yoshi taxminan 30 – 35 larda boʻlgan ayol kishi murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan.

Ushbu holat yuzasidan Toshkent viloyati prokuraturasi rasmiy bayonot berdi.

“2022-yilning 27-yanvar kuni soat taxminan 21:30larda Ohangaron tumani, «Gulobod” mahallasidan Parkent tumani, «Qiziltogʻ» qoʻrgʻoniga olib boruvchi yoʻlning chap tarafi yoʻl sathidan 3 metr pastlikda, qizil rangli chamadon ichidan yoshi taxminan 30 – 35 larda boʻlgan, Osiyo millatiga mansub ayol kishi murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan.

Mazkur holat yuzasidan 27.01.2022-yil Oʻzbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Murdaning shaxsiga aniqlik kiritilgan. Dastlabki tergov harakatlari Toshkent viloyati prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda», deyiladi bayonotda.

Bosh prokuratura Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam oʻldirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilganini maʼlum qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер