Ogʻir tumanlarda tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha alohida yondashuv joriy qilinadi

17:04 16 Dekabr 2024 Siyosat
148 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ogʻir tumanlarda tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, ishsizlik va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha alohida yondashuv joriy qilinadi. Bu haqda Prezident raisligida oʻtayotgan mahallalarda kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha qilingan ishlar sarhisobi va 2025-yil uchun ustuvor vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida aytildi.

Masalan “Sanoat qurilish banki“ Quvadagi yirik eksportyor bilan Qoʻngʻirot tumanida brokkoli ekish va yogʻochni qayta ishlash loyihalarini amalga oshirdi. Bunga past foizli kredit ham berdi.

Bu tajriba maʼqullanib, sharoiti ogʻir 71 ta tumanga boshqa hududlardan tadbirkorlarni taklif qilish uchun ularga qoʻshimcha kredit, 2025-yilda 1 mingta ogʻir mahalla infratuzilmasiga 3 trillion 200 milliard soʻm ajratilishi belgilandi.

Umuman, tadbirkorlar qoʻshimcha 31 trillion soʻmlik 3,5 mingta loyiha va 200 mingta yangi ish oʻrni yaratishga tayyor.

Iqtisodiyot va moliya vazirligiga ushbu loyihalar infratuzilmasiga 1 trillion soʻm ajratish topshirildi.

Yigʻilishda 85 ming gektar yerda kam daromadli ekin ekilgani uchun samarasi pastligicha qolayotgani qayd etildi.

Bunday yerlar yirik konturga birlashtirilib, tajribali tadbirkorlarga ikkilamchi ijaraga berilsa, daromad 2-3 karra oshadi.

Shu munosabat bilan yer egasiga ijara haqi va ekilgan mahsulotni sotishdan ulush toʻlanadi.

Har bir konturga urugʻ, koʻchat, oʻgʻit tarqatib, yetishtirilgan mahsulotni sotib oladigan tadbirkorlarni yer egalari bilan bogʻlaydigan tizim yaratish topshirildi.

Banklar tumanlar ixtisoslashuvidan kelib chiqib, xorijdan malakali agronom, zootexnik, texnolog, muhandis olib kelishga va loyihalar samarasini oshirishga yordamlashishi muhimligi taʼkidlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер