Ogʻir atletikachilarimiz jahon chempionatini 12 ta medal bilan yakunlashdi
Gretsiyaning Iraklion shahrida ogʻir atletika boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati oʻz yakuniga yetdi. Hamyurtlarimiz orasida soʻnggi boʻlib +109 kg. vazn toifasida Mirhosil Mirzaboyev supaga chiqdi va 3 ta kumush medalini qoʻlga kiritdi.
Ushbu vaznda chempionlik uchun kurash eronlik Alirizo Yusufi hamda Mirzaboyev oʻrtasida kechdi. Biroq yakunda siltab koʻtarish mashqidagi ustunlik evaziga Yusufi gʻalabani ilib ketdi. Sportchimiz dast koʻtarishda 176 kg., siltab koʻtarishda 212 kg. va ikki kurash boʻyicha 388 kg. natija qayd etdi.
Ogʻir atletika boʻyicha U-20 JCH:
Yigitlar, +109 kg.:
1. Alirizo Yusufi (Eron) – 416 (177+239) kg.;
2. Mirhosil Mirzaboyev (Oʻzbekiston) – 388 (176+212) kg.;
3. Bogdan Taranenko (Ukraina) – 374 (167+204) kg.
Shu tariqa, terma jamoamiz mazkur musobaqani 5 ta oltin, 5 ta kumush va 2 ta bronza medali bilan yakunladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring