Ogʻir atletika: Jahon chempionatida qatnashgan toʻrt sportchimizning barchasi yurtimizga medal bilan qaytadi

Meksikaning Leon shahrida ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati oʻz yakuniga yetib bormoqda. Ortda qolgan yana bir kun delegatsiyamiz uchun muvaffaqiyatli oʻtdi.
-102 kg vazn toifasida bahs olib borgan Qudratbek Salimjonov barcha dasturlarda kumush medalga sazovor boʻldi. Yurtdoshimiz dast koʻtarishda 156 kg, siltab koʻtarishda 171 kg, ikki kurashda esa 327 kg natija qayd etdi. Ushbu yoʻnalishda oltin medallar qozogʻistonlik Nikita Abdrahmanovga nasib qildi.
Ogʻir atletika oʻsmirlar oʻrtasidagi JCH
Yigitlar, -102 kg:
1. Nikita Abdrahmanov (Qozogʻiston) – 348 (157+191) kg;
2. Qudratbek Salimjonov (Oʻzbekiston) – 327 (156+171) kg;
3. Boqi Qiymet (Turkiya) – 295 (132+163) kg.
Shu tariqa, mazkur musobaqada hamyurtlarimizning ishtiroki oʻz yakuniga yetdi. Unda 4 ta nafar sportchi bilan qatnashgan jamoamiz 8 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qoʻlga kiritib, barchalari diyorimizga medallar bilan qaytadigan boʻlishdi.
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi oʻsmirlarimizning mazkur dunyo birinchiligi qayd etgan yuqori natijasi bilan Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi, sportchilarimiz va murabbiylar shtabini samimiy muborakbod etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Abdulaziz Komilov Italiyaning eng yuqori davlat mukofoti bilan taqdirlandi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring