Ogʻir atletika: Abrorbek Maʼrufbekov Osiyo chempioni!
Ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati 7-kungi bellashuvlari ham hamyurtlarimiz uchun omadli keldi.
Oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati sovrindori Abrorbek Maʼrufbekov tengqurlari orasida qitʼamizda yetakchi ekanini isbotladi. Hamyurtimiz barcha yoʻnalishlarda raqiblaridan ustunlik qilib, jamoamiz hisobiga 3ta oltin medal keltirdi.
Oʻsmirlar, -89 kg.:
1. Abrorbek Maʼrufbekov (Oʻzbekiston) — 299 (136+163) kg.,
2. Surajbek Sapayev (Turkmaniston) — 294 (135+159) kg.,
3. Amirhussayn Sepah (Eron) — 290 (135+155) kg..
Maʼlumot uchun: bugungi bellashuvlarda 3 ta oltin, 2 ta bronza qoʻlga kiritgan Madina Fayzullayeva Osiyo chempioni degan nomga sazovor boʻldi, yana bir hamyurtimiz Hojiakbar Olimov 1 ta oltin, 2 ta kumush medalni qoʻlga kiritdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring