Odamlarning aqliy qobiliyati pasayib ketmoqda — Xalqaro tadqiqotlar
Illyustrativ foto
Soʻnggi oʻn yil mobaynida butun dunyo boʻylab odamlarda aqliy qobiliyatning umumiy pasayishi kuzatilmoqda. Bu haqda “Financial Times” nashri xalqaro tadqiqotlar maʼlumotlariga tayanib xabar tarqatdi.
Unga koʻra, vaziyat 2012-yildan buyon asta-sekin yomonlashib bormoqda. Masalan, 15 yoshgacha boʻlgan maktab oʻquvchilarining bilim va koʻnikmalarini baholaydigan PISA dasturi doirasida oʻsmirlarning tayyorgarlik darajasi barqaror pasayishi qayd etildi.
Yoshi kattalarda ham shunga oʻxshash holat kuzatilmoqda. Bu toifa aholining savodxonligini baholashga qaratilgan PIAAC dasturi doirasida koʻrsatkichlarning oʻsishi faqat Finlyandiya va Daniyada kuzatildi. Matematik koʻnikmalar boʻyicha tadqiqotda ishtirok etgan bir necha oʻnlab mamlakatlardan faqat sakkiztasida yaxshilanish boʻlgani aniqlangan.
1975-yildan beri oʻtkazib kelinayotgan Amerikaning “Monitoring the Future” koʻp yillik tadqiqoti natijalari shuni koʻrsatdiki, 2010-yillar oʻrtalaridan boshlab yuqori sinf oʻquvchilari tobora koʻproq diqqatni jamlash va yangi maʼlumotlarni eslab qolishdagi qiyinchiliklardan shikoyat qilishmoqda. Ushbu muammolar koʻrsatkichlar nisbatan barqaror boʻlgan 1990-yillarga qaraganda ancha tez-tez namoyon boʻla boshladi.
Yomonlashish COVID-19 pandemiyasidan oldin boshlangan. Ekspertlarning fikriga koʻra, bunga ijtimoiy tarmoqlar, videokontentlar ommaviyligining keskin oshishi va shu bilan birga oʻqish va oʻrganishga qiziqishning pasayishi sabab boʻlishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring