Odamlarni vaksina olishga undash uchun ataylab kasallik soni boʻrttirib koʻrsatilyapti degan gaplarda mantiq yoʻq – Nurmat Otabekov

18:42 17 Mart 2021 Jamiyat
1231 0

Odamlarni vaksinatsiya jarayonlariga undash uchun ataylab kasallik koʻpayishi boʻrttirib koʻrsatilyaptimi? 

AOKAda oʻtkazilgan matbuot anjumanida mazkur savolga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari oʻrinbosari Nurmat Otabekov javob berdi. 

“Hozirgi kunda shunaqa fikrlar ham olgʻa surilyapti, ataylab vaksinani xarid qilish uchun yoki olib kelingan vaksina bilan emlashga aholini jalb qilish uchun atayin kasallik boʻrttirib koʻrsatilyapti degan fikrlar olgʻa surilyapti, aslida bu gaplarda hech qanday mantiq yoʻq, biz bundan biror maqsad kutayotganimiz yoʻq.

Agar ahamiyat bergan boʻlsangiz, kasallikning bolalar orasida qayd etilishi oshayapti, lekin biz aholining 18 yoshdan yuqori boʻlgan qismini emlashni rejalashtiryapmiz. 

Hammani qiziqtirayotgan savol — karantin yana kuchaytiriladimi?Karantin cheklovlariga kelsak, bunday boʻlishiga oʻzimiz sababchimiz. Biz hali bekor qilinmagan niqob taqish, antiseptik vositalardan foydalanish, masofa saqlash qoidalarini unutib qoʻymasak, vaziyatni keskinlashuviga asos yoʻq. Biz haddan ortiq xotirjamlikka berilib ketdik, bu kasallik qayd etilishi bilan bogʻliq statistik raqamlarni ortib borishida namoyon boʻlyapti”, dedi Nurmat Otabekov.

Inobat AHATOVA,

“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?