Odamlardan masjid qurilishi bahonasida pul yiqqanlar ushlandi
Ijtimoiy tarmoqlarda bir necha shaxslar fuqarolardan intervyu olish bahonasida suhbatlashib, ulardan firibgarlik yoʻli bilan pul yigʻayotgani aks etgan video tarqaldi. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi yuqoridagi holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Bildirilishicha, kecha, 5-iyul kuni poytaxtning Chilonzor tumanidagi bogʻlarning birida 2004-yilda tugʻilgan Sh.S., 2001-yilda tugʻilgan S.S. va 2004-yilda tugʻilgan T.A.lar fuqarolar bilan intervyu olish bahonasida suhbatlashib, ulardan firibgarlik yoʻli bilan masjid qurilishi, nogironlarga yordam kabi bahonalarni ishlatib pul yigʻayotgani aniqlangan.
Koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida ushbu fuqarolarning shaxsi aniqlanib, ulardan ashyoviy dalil sifatida pul mablagʻlari xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan.
Qayd etilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilmoqda.
“Tekshiruv yakuni boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi”, deyiladi IIBB xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring