“Ochiq eshiklar kuni”da eshiklar ochildimi?

22:33 03 Dekabr 2020 Jamiyat
1705 0

Joriy yilning 3-dekabr kuni Davlat bojxona qoʻmitasida 9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bagʻishlangan Antikorrupsion haftalik doirasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri oʻtkazildi.

Tadbirda Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M. Azimov va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbari Akmal Burhonov soʻzga chiqib, oxirgi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha salmoqli ishlar amalga oshirilayotgani, ammo bu borada hali qilinishi lozim boʻlgan ishlar ham koʻpligini, ushbu illatning oldini olishda, avvalo, davlat idoralarining ochiq va shaffofligini taʼminlash muhim ekanligini taʼkidladi.

Anjuman doirasida bojxona organlarida korrupsiyaga qarshi kurash va bojxona maʼmuriyatchiligining samaradorligini yana-da oshirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan koʻrgazmali taqdimot boʻlib oʻtdi.

“Ochiq eshiklar kuni” doirasida, shuningdek, Davlat bojxona qoʻmitasi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi oʻrtasida “Korrupsiyaga qarshi kurashishda oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida” memorandum imzolandi.

Kelgusida tizimda korrupsiya va boshqa salbiy illatlarni bartaraf etish borasida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan uzviy hamkorlikda aniq maqsadga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlar yana-da kuchaytiriladi.

Shuningdek, bojxona organlarida «komplayens-nazorat» tizimini qoʻllashda xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribasidan keng foydalanish, tizimda korrupsiyani keltirib chiqarish xatarlari mavjud boʻlgan sohalarni aniqlashga qaratilgan ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazishga ham eʼtibor qaratiladi.

Xavf darajasi past boʻlgan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi jarayonlarini bosqichma-bosqich inson omilini aralashtirmagan holda avtomatik rasmiylashtirishni joriy etish oldindagi muhim rejalardan biri ekanligini qayd etildi.

Tadbir doirasida ishtirokchilar Davlat bojxona qoʻmitasining “Bojxona tarixi” muzeyi faoliyati bilan ham tanishdi.

Dilruh ISOMIDDINOVA
(“Xalq soʻzi”).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер