“Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
BMT Bosh Assambleyasining 2003-yil 21-noyabrdagi rezolyutsiyasiga muvofiq, 2004-yildan eʼtiboran “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” sifatida nishonlanib kelinmoqda.
Bosh Assambleya rezolyutsiyasida ushbu kunni belgilashdan maqsad, korrupsiya muammosining tub mohiyatini tushunib yetish va korrupsiya bilan kurashish hamda uni oldini olishdan iboratligi qayd etilgan.
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab korrupsiya xalqaro darajadagi global muammolardan biriga aylandi. Korrupsiya dunyo bo‘ylab xalqaro savdoda milliardlab zarar keltirmoqda.
Yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan hamda tizimli chora-tadbirlar asosida keng ko‘lamli faoliyat olib borilmoqda.
Bugun, 5-dekabr kuni “O‘zbekgidroenergo” AJ “Komplayens-nazorat” va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan tizim korxonasi hisoblangan “Chirchiq GESlar kaskadi” filialida “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda “O‘zbekgidroenergo” AJ masʼul rahbarlari, OAV vakillari, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetining talaba-yoshlari va “Chirchiq GESlar kaskadi” filialining ishchi-xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirni “O‘zbekgidroenergo” AJ Axborot xizmati rahbari Ravshan Baykulov kirish so‘zi bilan ochib, jamiyatda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar, faoliyatga doir yangiliklar to‘g‘risida umumiy maʼlumot berdi.
Shundan so‘ng, asosiy maʼruza bilan Jamiyat “Komplayens-nazorat” va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i Shavkat Karatayev so‘zga chiqib, jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat siyosati, korrupsiyaga yo‘l ochib beradigan mexanizmlarga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, raqamli iqtisodiyotni joriy etish orqali inson omilini kamaytirib, adolatli, shaffof tizimni yaratish, manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish, poraxo‘rlik, qarindosh-urug‘chilik va tanish-bilishchilikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berdi.
Respublikamizda 2017-yil 3-yanvarda 33 moddadan iborat “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan bo‘lib, unda “korrupsiya”, “korrupsiyaga oid huquqbuzarlik”, “manfaatlar to‘qnashuvi” kabi asosiy tushunchalarga izoh berilgan. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari belgilangan
Jumladan, Qonunning 4-moddasiga ko‘ra, korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari sifatida qonuniylik, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi, ochiqlik va shaffoflik, tizimlilik, davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi, korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi, javobgarlikning muqarrarligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Shundan so‘ng, Jamiyat xaridlar tizimida korrupsiyaviy holatlarni oldini olish va bu borada amalga oshirilayotgan faoliyat borasida Xaridlarni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Eldor Mamatov maʼruzasi tinglandi.
Albatta, bu kabi ishlarni raqamlashtirish jarayonlarisiz amalga oshirib bo‘lmasligini inobatga olib, bu boradagi faoliyat yuzasidan Raqamlashtirish va AKTni joriy etish boshqarmasi boshlig‘i Kabul Ikramov so‘zga chiqib, Jamiyat tizimida raqamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida maʼlumot berdi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javob oldilar.
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdir”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring