Ochiq aytish kerak, hali aksariyat hokimlar masalani ichiga kirmagan, birja nimaligini bilmaydigan tuman hokimlari ham bor — Shavkat Mirziyoyev

17:35 17 May 2022 Siyosat
738 0

Foto: president.uz

Prezident raisligida tovar-xom ashyo birjasida savdolarni koʻpaytirish, mahalliy korxonalar ishtirokini kengaytirish boʻyicha yigʻilish boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

«Hududlarning birja savdolaridagi ishtirokini kengaytirish boʻyicha hokimlarning ish rejasi bilan tanishib chiqdim.

Ochiq aytish kerak, hali aksariyat hokimlar masalani ichiga kirmagan, birja nimaligini bilmaydigan tuman hokimlari ham bor», dedi davlat rahbari

Shu bois har bir viloyat, tuman va shahar hokimiga:

— oʻz hududidagi tadbirkorlar bilan uchrashib, ularning ishlab chiqarish quvvatlarini tahlil qilish;

— aniq turdagi va miqdordagi mahsulotlarni birjaga olib chiqish boʻyicha oyma-oy rejalarini tasdiqlash topshirildi.

Soha uchun har yili kamida 1 mingta mutaxassis tayyorlab, ularning bandligini taʼminlashi zarurligi taʼkidlandi. Bunda kamida 100 ta nogironligi bor yoshlarni bepul oʻqitib, sohada ishga qabul qilish topshirildi.

Yigʻilish yakunida mutasaddilarning mavzu yuzasidan hisobotlari eshitildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?