“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida koʻchalarni yoritish uchun faqat muqobil energiya uskunalari oʻrnatiladi

14:45 10 Iyun 2022 Siyosat
554 0

Foto: president.uz

Prezident raisligida qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanishni kengaytirish boʻyicha ustuvor vazifalarga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Yigʻilishda tizimni “Yangi Oʻzbekiston” massivlarida qurilayotgan 620 ta koʻp qavatli uy-joylarda joriy etish masalasiga toʻxtalib oʻtildi.

Masalan, Kitob tumani “Yangiobod” massividagi jami 96 ta xonadonga ega 4 ta koʻp qavatli uyda quyosh panellarini oʻrnatish hisobiga yiliga 100 ming kilovatt soat elektr energiyasi iqtisod qilinmoqda.

Bu tajribani Navoiyda barpo etiladigan 2 ta “Yangi Oʻzbekiston” massivida jami 620 ta xonadonli 26 ta koʻp qavatli uylar, 8 ta bogʻcha, maktab va poliklinikada joriy qilish rejalashtirilgan.

Ularda quyosh suv isitish tizimlari hisobiga 4 million kilovatt soat elektr iqtisod qilish mumkin. Bu – yiliga 2 milliard soʻm degani.

Viloyat hokimlariga “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida koʻchalarni yoritish uchun faqat muqobil energiya uskunalari oʻrnatishni nazarda tutish topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер