“Obyektiv” qisqa metrajli filmi xalqaro mukofotni qoʻlga kiritdi
Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Yoshlik” kinostudiyasi DUK tomonidan suratga olingan rejissyor Saʼdaloxon Maʼsudxonovning “Obyektiv” (“Objective”) qisqa metrajli filmi «Belыy lebed» xalqaro Yalta kinofestivalida “Milliy kolorit uchun” nominatsiyasi boʻyicha gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
Kinokartinada Laylo ismli qizning musiqaga oshuftaligi, koʻngil qoʻygan yigiti bilan boʻlgan voqealari hikoya qilinadi.
Ssenariy mualliflari Saidaʼloxon Maʼsudxonov, Odilbek Qosimov, Husnullo Jomonqulov, postanovkachi rejissyor Saidaʼloxon Maʼsudxonov, postanovkachi operator Odilbek Qosimov, postanovkachi rassom Timur Murodov, ovoz operatori Shahzod Toʻxtamurodov.
Maʼlumot uchun, mazkur kinokartina “Ipak yoʻli durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali dasturidagi “Kino 5 kunda” yosh rejissyorlar loyihasida yaratilgan. Kinofestivalda “Hayʼat aʼzolarining maxsus sovrini” hamda “Eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasi boʻyicha gʻoliblikni qoʻlga kiritgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring