Obama Harrisni qoʻllab nutq soʻzladi
Amerika Qoʻshma Shtatlarining sobiq prezidenti Barak Obama noyabr oyidagi saylovlarda mamlakatning navbatdagi prezidenti boʻlish uchun kurashayotgan Kamala Harrisni qoʻllab-quvvatlab, Demokratik partiyaning milliy qurultoyi sahnasiga chiqdi.
Chikagodagi uchrashuvda Obama bilan uning rafiqasi Mishel, Harrisning turmush oʻrtogʻi Dag Emhoff va partiyaning boshqa faxriylari boʻlgan. Oq uyga saylangan ilk qora tanli amerikalik, 63 yoshli Obama Jo Bayden bilan faxrlanishini aytgan.
"Donald Tramp hokimiyatni oʻz maqsadlariga erishish vositasidan boshqa narsa deb hisoblamaydi. Bizga yana toʻrt yillik shov-shuv va tartibsizlik kerak emas. Biz bu filmni avval ham koʻrganmiz va davomi yomonroq boʻlishini hammamiz bilamiz. Amerika yangi hikoyaning yangi bobiga tayyor. Biz prezident Kamala Harrisga tayyormiz”, degan Obama.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring